Chiroqchida Mustaqillik bayrami ko‘tarinki ruxda o‘tdi
2025-yil 27-avgust Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida bayram tadbiri Chiroqchi tumanida keng nishonlandi.
Markaziy o‘yingohda bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida tuman hokimi Fayzulla Yusupov so‘zga chiqib, tumanda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berdi va tuman ahlini bayram bilan samimiy tabrikladi.
Tashkil etilgan konsert dasturida estrada xonandalari Mirjalol Ne’matov va Sevinch Ismoilovalar hamda tuman Madaniyat bo‘limi va 15-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabining xonandalari ansambl jamoalari o‘zlarining sho‘x-shodon qo‘shiqlari bilan barchaga xush kayfiyat ulashdi.