Yurtimizda har payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan bugun Chiroqchi tumanida yoshlar uchun yana bir mazmunli va esda qolarli tadbir boʻlib oʻtdi.
15-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi hamda rasmlar koʻrgazmasi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Oʻquvchilar oʻzlarining kuy-qoʻshiqlari, sahna chiqishlari va ijodiy ishlari bilan tomoshabinlar eʼtiborini qozonishdi.
Koʻrgazmaga qoʻyilgan rang-barang rasmlar esa yosh isteʼdod egalari qalbining nozik kechinmalari va keng tasavvurini yorqin ifoda etdi.
Bunday tadbirlar yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularning sanʼatga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish va isteʼdodlarini yuzaga chiqarishda muhim oʻrin tutadi.