2025-yil 21-oktabr Chiroqchi tuman madaniyat markazida 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan "Qadring baland bo‘lsin ona tilim" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirini Chiroqchi tumani hokimi o‘rinbosari Zahiriddin Qambarov ochib berdi va yig‘ilganlarni tabrikladi.
Tadbirni konsert dasturida madaniyat bo‘limi xodimlari hamda 15-son bolalar musiqa va san‘at maktabi qoshida tashkil qilingan Toshqin buloq bolalar folklor ansambli, Dutorchi qizlar ansambli, Raqs qizlari ansambli hamda maktabimiz o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi