• Telefon +99888 8040003
» Yutuqlarimiz » Ustozga ehtirom

Ustozga ehtirom   O'qildi: 1

Sanʼat va madaniyat fidokori medali topshirildi #TAQDIRLASH
Uzoq yillardan buyon ta'lim sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan Rahmonov Eshmurod Jovliyevich O'zbekiston Respublikasi  Madaniyat vazirligining tegishli buyrug'i bilan  ''Madaniyat va san'at fidokori'' ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

E. Rahmonov 1987- yil1- fevraldan 1987-yil 28- avgustgacha 12- son Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida musiqa o'qituvchisi vazifasida, 1987- 2001 yillarda Chiroqchi tumani 19- son Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatida  musiqa fani o'qituvchisi, 2000- 2001 - yillar Chiroqchi tuman Xalq ta'lim bo'limi uslubchisi, 2001-2012 yillar Chiroqchi tuman 15- son bolalar musiqa va san'at maktabida direktor,2012- yildan hozirga qadar ushbu maktabda oʻqituvchi vazifasida faoliyat
yuritib kelmoqda.

Tantanali taqdirlash E. Rahmonovning muborak 60 yosh yubiley kechasida tuman hokimi  Fayzulla Yusupov hamda viloyat madaniyat boshqarmasi boshliq o'rinbosarlari tomonidan tantanali ravishda topshirildi,