Maktab haqida O'qildi: 16
- Chiroqchi tumanida faoliyat yuritayotgan 15-son Bolalar Musiqa va San’at Maktabi bugungi kunda yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy kamolotini ta’minlash, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda iste’dodlarni erta aniqlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirib kelmoqda. Maktabning asosiy vazifasi — o‘quvchilarga sifatli musiqiy va badiiy ta’lim berish, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish hamda madaniyat va san’at sohasiga munosib kadrlar tayyorlashdan iborat.
- Mazkur muassasada 14 yo'nalish bo‘yicha darslar olib boriladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha tajribali va malakali pedagoglar faoliyat yuritib, bolalarning qobiliyatini chuqur o‘rganish hamda individual yondashuv asosida ta’lim berishni yo‘lga qo‘ygan.
- Maktabda yil davomida turli ijodiy tadbirlar, konsertlar, ko‘rgazmalar, o‘quvchilar chiqishlari, shuningdek tuman va viloyat miqyosidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtiroklar tashkil etiladi. O‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari bilan muntazam ravishda yuqori natijalarga erishib, turli tanlovlarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
- 15-son Bolalar Musiqa va San’at Maktabi o‘zining zamonaviy sharoitlari, jihozlangan sinf xonalari va ijodiy muhitga ega bo‘lib, o‘quvchilarga to‘laqonli ta’lim olish imkonini yaratgan. Maktab pedagogik jamoasi yosh iste’dodlarni tarbiyalashda, ularning musiqiy va badiiy dunyoqarashini shakllantirishda mas’uliyat bilan xizmat qilmoqda.
- Bugungi kunda mazkur ta’lim maskani Chiroqchi tumani madaniy hayotida munosib o‘rin egallab, kelajak ijodkorlari, san’atkorlari va ma’rifatparvar yoshlarini voyaga yetkazishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Maktabda yaratilgan ijodiy muhit hamda o‘quvchilarga ko‘rsatilayotgan e’tibor natijasida bu maskan san’atga oshno bo‘lgan yoshlar uchun haqiqiy mahorat maktabiga aylangan.
Scroll