• Telefon +99888 8040003
» Yangiliklar » Bayramga sovgʻalar topshirildi

Bayramga sovgʻalar topshirildi   O'qildi: 0



2026-yil 15-aprel kun

O‘zbekiston Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati birlashgan qo‘mitasi tomonidan soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida qimmatli sovg‘alar ajratildi. Jumladan, Bugun Chiroqchi tumani 15-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi jamoasiga 80 dona zamonaviy chopper sovg‘a sifatida taqdim etildi.
Mazkur sovg‘alarni maktabning boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi X. Raxmatova jamoa a’zolariga tantanali ravishda topshirdi. Tadbir davomida ustoz va xodimlarning fidokorona mehnati, yosh avlodni sanʼat va madaniyatga oshno etish yo‘lidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.