• Telefon +99888 8040003
» Yangiliklar » Tumanimiz hokimi maktabimizga tashrif buyurdi

Tumanimiz hokimi maktabimizga tashrif buyurdi   O'qildi: 0

#Bugun Chiroqchi tuman hokimi Alisher Zakirov maktabimizga tashrif buyurdi

Bugun Chiroqchi tuman hokimi Alisher Zakirov 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida hokim maktabimiz faoliyati, o‘quv jarayoni hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Ustozlar va o‘quvchilar bilan suhbat davomida Alisher Zakirov ta’lim va ijodiy tarbiyaning ahamiyatini alohida ta’kidladi hamda maktab jamoasiga kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tashrif iliq va samarali ruhda o‘tdi. Maktabimiz uchun bu uchrashuv muhim voqea bo‘lib, o‘quvchilarimizning ijodiy rivojiga xizmat qiladi.