• Telefon +99888 8040003
» Yangiliklar » Bayram nishonlandi

Bayram nishonlandi   O'qildi: 0

Chiroqchida “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” keng nishonlandi.

Prezidentimiz tomonidan 15-aprel sanasining “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” deb e’lon qilinishi yurtimiz madaniy hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi.
Shu munosabat bilan Chiroqchi tumanida bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Bahodir Xudoyqulov boshchiligida IIB boshlig‘i Hamza Jamolov hamda Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Azizbek Omobov ishtirok etib, soha fidoyilarini samimiy muborakbod etdilar.
Bayram davomida Chiroqchi tumani 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilari ham e’tibordan chetda qolmadi. Ularning samarali mehnati munosib baholanib, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram tadbiri davomida yangragan go‘zal kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.