• Telefon +99888 8040003
» Yangiliklar » TUMANIMIZ XOTIN-QIZLARIGA EHTIROM KO‘RSATILDI!!!

TUMANIMIZ XOTIN-QIZLARIGA EHTIROM KO‘RSATILDI!!!   O'qildi: 0

Chiroqchi tumani Madaniyat markaziga 8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami boʻlib oʻtdi TUMANIMIZ XOTIN-QIZLARIGA EHTIROM KO‘RSATILDI!!!

Ayol va bahor degan muqaddas kalomlar bejizga yonma-yon yozilmaydi. Biz bahorning kelishi va uning beqiyos go‘zalligini munis ayollarimizning gulgun chehralariga qarab bilib olamiz.

Madaniyat markazida tashkil etilgan bayram tadbirida Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov so‘zga chiqib, 8-mart — Xalqaro Xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan yig‘ilganlarni tuman faollari, keng jamoatchilik nomidan samimiy muborakbod etib, jamiyatimizda xotin-qizlarga katta hurmat ko‘rsatib kelinayotganligini ta’kidladi.

Ushbu tadbirning konsert dasturida Chiroqchi tumani madaniyat markazi xodimlari hamda 15-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi Oʻqituvchi va oʻquvchilari oʻz chiqishlari bilan ishtirok etdi.