• Telefon +99888 8040003
» Yangiliklar » Amir Temur tavalludining 690 yilligi tadbiri Maktabimizda

Amir Temur tavalludining 690 yilligi tadbiri Maktabimizda   O'qildi: 0

Amir Temur tavalludining 690 yilligi tadbiri boʻlib oʻtdi

2026-yil 8-aprel kuni Chiroqchi tumani 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda maktab Oʻqituvchi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, milliy kuy-qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, Amir Temurning boy tarixiy merosi, uning jasorati va davlat boshqaruvidagi ulkan o‘rni yuksak ruhda madh etildi.