#targʻibot
Joriy yilning 11-aprel kuni Chiroqchi tumani 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan targ‘ibot konsert dasturi o‘tkazildi. Konsert davomida o‘quvchilar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy musiqiy chiqishlar namoyish etilib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni san’atga qiziqtirish, ularning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash va musiqa maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.